Nurobodda 5 kun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi

Joriy yilning 4-8-iyul kunlari Nurobod tumanida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Samarqand filialining malakali mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.

Jumladan,
- 4-iyul kuni tuman markaziy shifoxonasida;
- 5-iyul kuni Sazag‘on hududiy bo‘limida;
- 6-iyul kuni Jom hududiy bo‘limida;
- 7-iyul kuni Nurbuloq oilaviy poliklinikasida;
- 8-iyul kuni Tim hududiy bo‘limida 18 yoshdan katta yurak qon tomir tizimida kasalligi bor fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

Tibbiy ko‘rik mutlaqo bepul.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM