Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limiga avtobus topshirildi

Bugun Nurobod tumani markaziy istirohat bog‘ida 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirida eng katta sovg‘a Yoshlar ishlari agentligi Nurobod tuman bo‘limiga taqdim qilindi. 

Tuman hokimi S.Berdiqulov tadbir qatnashchilarining gulduros qarsaklari ostida nurobodlik yoshlarni birlashtirgan tuman bo‘limiga  Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan ko‘p o‘rindiqli “Ankai” avtobusi kalitini topshirdi.

Konsert dasturlari va ko’ngilochar tadbirlar davom etmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM