MARKAZ QISHLOGʻIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulovning navbatdagi sayyor qabuli Yuksalish mahallasi Markaz qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda tumandagi korxona va tashkilotlarning rahbarlari, hudud fuqarolari va yoshlari ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, imtiyozli kredit, moddiy yordam, kadastr, elektr energiyasi, ichimlik suvi, yo‘l, yer va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar va murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM