“Pistali koni”ning 2-bosqichi ishga tushishi evaziga yiliga qo‘shimcha 4,4 tonna oltin ishlab chiqariladi

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev navoiylik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kelgusi yetti yilda sanoatni rivojlantirishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.“Xorijiy hamkorlarimiz bilan birga, umumiy qiymati 120 milliard dollar bo‘lgan mega va yirik loyihalarni boshladik.Xususan, mamlakatimiz faxri bo‘lgan “Navoiy kon metallurgiya kombinati”da 3 milliard 800 million dollarlik 19 ta loyiha amalga oshiriladi.Misol uchun, kuni-kecha “Pistali koni”ning 1-bosqichi ishga tushirildi, yil yakunigacha 2-bosqichi ham foydalanishga topshiriladi. Ushbu loyiha hisobiga yiliga qo‘shimcha 4,4 tonna oltin ishlab chiqariladi.“Navoiy uran”da 550 million dollarlik 11 ta loyihani amalga oshirish orqali, uran zaxiralari 67 ming tonnadan 100 ming tonnaga yetkaziladi.Umuman olganda, 2030 yilgacha mis ishlab chiqarish 3,5 barobar, oltin – 1,5 barobar, kumush – 3 barobar, uran – 3 barobarga oshiriladi”, – dedi nomzod.

 

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM