Nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslarga azaldan yurtimizda jamiyatning ajralmas bir qismi sifatida e’tibor qaratib kelinadi

Nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslarga azaldan yurtimizda jamiyatning ajralmas bir qismi sifatida e’tibor qaratib kelinadi.

Nurobod tumanida “20 ming tadbirkor – 500 ming ish o‘rni dasturi” doirasida tumandagi kam ta’minlangan oilalar a’zolari, imkoniyati cheklangan shaxslar bandligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumandagi Oqsoy mahallasida yashovchi 2 nafar fuqarolar hududdagi “NEW OQSOY TEKSTIL” ishlab chiqarish kooperativiga tikuvchi sifatida ishga qabul qilinib, doimiy daromad manbai bilan ta’minlandi.

Fuqarolar bandligini ta’minlashda Oqsoy mahallasida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi tashabbusi bilan imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qarori asosida bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim barobari miqdorida subsidiya ajratilmoqda.

Bunday samarali ishlar doim amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM