Nurobod mahallalarida iftorlik dasturxonlari yozilmoqda

Bugun Nurobod tumanidagi “Navro'z” mahallasi aholisi uchun iftorlik dasturxoni yozildi. 

Tadbirda tuman sektor rahbarlari, imom-xatiblar, ro‘zadorlar hamda ehtiyojmand, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning a’zolari ishtirok etishdi.

Iftorlik dasturxonida ishtirok etganlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orlarimizga baraka, dehqonchiliklarimizga mo‘l hosil tilab, duo qilishdi.

Bu kabi iftorliklar tumandagi barcha mahallalarda tashkil etilmoqda.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM