“Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni bo'lib o'tdi

Bugun Nurobod tumanida erta tongdan “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni tuman hokimligi binosi oldida start oldi.

Marafon huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelish sabablarini aniqlash hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan dasturlar doirasida o'tkazildi.

Ishtirokchilar nur qaytargichli jiletlar kiyib, xavfsiz hayotga chaqiruvchi shiorli plakatlar ko'tarib olganini ko'rish mumkin.

Marafon ishtirokchilari orasida tuman sektor rahbarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, xodimlari, fuqarolar va yoshlar faol ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu marafon fuqarolarni va yoshlarni sog'lom va to'g'ri hayotga undashini ta'kidlab, barchani xavfsiz va sog'lom turmush tarzida faol bo'lishga chaqirdi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM