Yigʻilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi taʼkidlandi

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Yigʻilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida 15 ming gektar, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 10 ming gektardan, Qoraqalpogʻistonda, Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlarida 5 ming gektardan aholi yashash joylariga yaqin lalmi va yaylov maydonni oʻzlashtirib, pilla klasterlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.Bu yerlar Vyetnam tajribasi asosida aholiga 1-2 gektardan ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun beriladi.Shuningdek, Oltinsoy, Shoʻrchi, Konimex, Nurota, Muborak, Gʻuzor, Kattaqoʻrgʻon, Nurobod, Forish, Tuproqqalʼa tumanlarida aholi yashash joylariga yaqin 10 ming gektardan lalmi va yaylov maydonda jun klasterlarini tashkil qilish topshirildi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM