Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim

#Sog'lom_tanda_sifatli_ta'lim 
#Besh_tashabbus 
#Nurobod_tuman

Nurobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida "Kasaba uyushmasi kubogi" uchun o‘qituvchilar o‘rtasida sport musoboqalari bo‘lib o‘tdi.

O'qituvchilar sportning
Voleybo
Mini futbol
Stol tennisi
Shaxmat
Shashka turlari bo'yicha o'zaro bellashdilar.

Faxrli o’rinlarni egallagan maktab jamoalariga hamda pedagog xodimlarga  Nurobod tuman ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo'linmasi Kengashi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliqlar taqdim etildi. 

1-o'rinni egallagan maktab jamoalari viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

Viloyat bosqichiga chiqqan maktab jamoalariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM