Hokim qabuli – har bir fuqaroning murojaatlari e’tiborda

Bugun Nurobod tumani Mahalla markazida tuman hokimi S.Berdiqulov fuqarolar uchun navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolar qabulida aholining murojaatlarini tezkor va ijobiy hal etish uchun tegishli tuman hokimining o’ribbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul davomida 30 ga yaqin fuqarolardan 40 dan ortiq murojaatlar kelib tushib, shundan 12 tasi joyida ijobiy hal qilindi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan muammolarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM