"Kasaba uyushmasi kubogi" uchun  erkak o‘qituvchilar o‘rtasida sportning "Mini futbol" turi bo'yicha musoboqa bo‘lib o‘tdi

#Nurobod_tumani
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Nurobod tumanidagi 3-sektor hududida joylashgan Nurbuloq mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tumandagi 22 ta umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida  "Kasaba uyushmasi kubogi" uchun  erkak o‘qituvchilar o‘rtasida sportning "Mini futbol" turi bo'yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musoboqada

1-o‘rinni - Ittifoq MFY hududidagi 32-umumta’lim maktabi;

2-o‘rinni - Mash’al MFY hududidagi 61-umumta’lim maktabi;

3-o‘rinni - Po'latchi MFY hududidagi 74-umumta’lim maktabi jamoalari qo'lga kiritdi.

Sektor bosqichlarida g’olib bo’lgan maktab jamoasi sektorlar aro tuman bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo’lga kiritdi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM