Umumta'lim maktablarining kadrlar  menejerlari uchun o'quv-amaliy seminari tashkil etildi

#Nurobod_tumani
#SEMINAR

Bugun Nurobod tumani xalq ta'limi bo'limi, tuman Adliya bo'limi, tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi hamkorligida umumta'lim maktablarining kadrlar  menejerlari uchun o'quv-amaliy seminari tashkil etildi.

Tadbir avvalida tuman XTB mudiri O.Jangirov tomonidan seminar ishtirokchilariga bugungi sohada olib borilayotgan islohatlar va kelgusidagi vazifalar borasida amaliy tushunchalar berildi.

Shundan so'ng, Nurobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i N.Quvondiqov tomonidan E-huqushunos tizimida ishlash, hujjatlarni shakllantirish va to'g'ri  yuritish borasida zarur tushunchalar berildi.

Seminarda Yagona milliy mehnat tizimida ish olib borish borasida tuman aholi bandligiga ko'maklashish markazi ma'sul xodimi N.Eshdavlatov tomonidan seminar ishtirokchilariga mavjud yo'riqnomalar tushuntirib berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM