“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovinining Nurobod tumani bosqichi g’oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarorida 2022-yildan boshlab har yili iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish belgilangan.

Shunga asosan, bugun 3-mart sanasida Nurobod tuman Yoshlar markazi binosida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovinining Nurobod tumani bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovning 1-bosqich natijalariga ko‘ra 5 nafar ishtirokchilar komissiya a’zolarining xulosasiga asosan tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

G'oliblar quyidagilar:

1. Ilyosov Qamariddin
2. Utamurodov Aslbek
3. Toshmatov Azim 
4. Abdiyev Lochinbek
5. Ernazarov Behruz

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM