Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumanidagi Sarikul mahallasida tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiyot, elektr energiyasi, gaz, suv, kadastr, bandlik, uy-joy va yer masalalari bo‘yicha 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli tashkilot mas'ullariga topshiriq va ko'rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM