“Yashil energetika” sohasida seminar bo'lib o'tdi

Energiya va energiya resurslari har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti darajasi va aholisi farovonligini belgilaydigan omillardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika tizimida ham energiya xavfsizligini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror energiya bilan ta’minlash borasida ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun Nurobod tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan seminarda “yashil energetika”dan foydalanish yo‘llari, uning samarali va foydali jihatlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Seminar davomida innovatsion tumanda faoliyatini boshlagan “Bek collor zam-zam” MCHJ mutaxassislari tomonidan yashil energiya ishlab chiqaruvchi asbob-uskuna va jihozlardan iborat ko‘rgazma tashkil etilib, quyosh panellarini o‘rnatib berish, qayta jihozlash, texnik xizmatlar ko‘rsatish va sarf-xarajatlar bo‘yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM