Tuman hokimligining ishchi guruhi o'rganishlar olib bormoqda

Joriy yilning 17-fevral kuni Nurobod tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tuman Xalq ta'limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan xato va kamchiliklar, ijro intizomi, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan tavsiya va ko’rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM