Cheklangan qo‘shinlarni Afg‘oniston hududidan chiqarilganligining 34 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Bugun Nurobod tumanida joylashgan “Diydor” bazmgohida cheklangan qo‘shinlarni Afg‘oniston hududidan chiqarilganligining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari hamda urush faxriylari ishtirok etishdi.

Tuman hokimi urush faxriylarini cheklangan qo‘shinlarning Afg‘oniston hududidan chiqarilganligiga 34 yil to’lishi munosabati bilan qutlab, bugungi kunda urush faxriylariga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarga to’xtalib o’tdi.

Dasturxon atrofida tashkil etilgan tadbir davomida so’zga chiquvchilar tomonidan tinchlik oliy ne’mat, uni asrab-avaylash esa muqaddas burch ekanligi ta’kidlandi va tumandagi san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi taqdim etilib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM