Jahon e’tirof etgan alloma Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi nishonlanmoqda

Yurtimizda kechayotgan shiddatli islohotlar, xalqimiz ezgu maqsad-muddaolarini o‘zida aks ettirgan misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar boy ma’naviy ildizlarimizga tayanadi.

Ma’naviyatimiz asoslarini esa buyuk shoir va mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiyning bebaho merosidan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi.

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida jahon e’tirof etgan alloma bobomiz tavalludining 582 yilligi keng nishonlanmoqda. 

9 fevral – benazir alloma tug‘ilgan kuni munosabati bilan tumandagi Bolalar musiqa va san’at maktabida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish, uning bebaho merosidan yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, teran tafakkurli, yuksak ijodiy-intellektual salohiyat sohibi etib kamolga yetkazishdek ezgu ishlarni amalga oshirish to‘g‘risida sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM