Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumani “Oqsoy” mahallasida tuman hokimi S.Berdiqulov, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan elektr energiyasi, tibbiyot, tadbirkorlik, bandlik, sport jihozlari, moddiy yordam, pensiya va boshqa  masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Tuman rahbari tomonidan murojaatlarining ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM