“Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushirildi

Advokatura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida “Yuridik yordam” axborot tizimi (http://e-advokat.uz ) ishga tushirildi. Mazkur axborot tizimi qanday qulayliklarga ega?Axborot tizimi orqali advokatlik maqomini olishda talabgorlar malaka imtihonini topshirish uchun elektron tartibda murojaat qilish va malaka imtihoni jarayonlarini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.Tizim orqali respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar reyestri, ularning shaxsiy elektron kabineti yaratilib, advokatlar tomonidan elektron advokat orderini rasmiylashtirish, davlat organlari va tashkilotlariga advokatlik soʻrovlarini joʻnatish va arizalar berilishi mumkin.Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan axborot tizimi orqali advokatlar toʻgʻrisida, ularning maqomi haqidagi maʼlumotlarni olinishi;

- advokat reytingini aniqlashi, advokatning faoliyatini baholashi va advokat haqida oʻz fikrlarini izoh tariqasida yozib qoldirishi;

- advokatura sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, yangiliklar, statistik maʼlumotlar bilan tanishishi mumkin.Ushbu tizimning ishga tushurilishi advokaturaga kirishda ortiqcha qogʻozlikni bartaraf etadi, advokatlar faoliyatini yengillashtiradi, fuqarolarga ham advokatni oson topishga va ular faoliyatini baholashga yordam beradi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM