Nurobodda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Qish mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish faqat xonadonlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, barcha ish joylarining issiq bo‘lishidan tashqari xatarsiz o‘tkazilishi ham demakdir. Bu mavsumda yong‘in xavfsizligini saqlash ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.

Bugun Nurobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan aholini qish mavsumida is gazidan zaharlanish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish borasida haftaning har chorshanba kuni “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

“Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” davomida muassasa, korxona va xonadonlarda yong‘in xavfsizligi talablarining bajarilishi o‘rganilib, kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM