EHTIYOT BO‘LING!

Muzlamalarda avtomobil shinalari sirpanib ketib, ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sabab erta tongdan Nurobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda. 

Maxsus transportlar yordamida yo'llar tozalanmoqda. Ishchi xodimlar yo‘llarda paydo bo'lgan muzlamalarga qum-tuz aralashmasini sepishmoqda.

Hurmatli fuqarolar! 
Siz ham xonadoningiz atrofini qordan tozalab, yo‘laklar ochishingizni, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasligingizni so‘raymiz.

Hurmatli haydovchilar, avtotransportda harakatlanishda ehtiyot bo‘ling!
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM