Nurobodlik yoshlar Samarqand shahriga sayohat qildi

Nurobod tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ta’til vaqtida “ijtimoiy daftarlar”da turuvchi oilalarning farzandlari va o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Joriy yilning 8-yanvar kuni tumanimiz yoshlarining bir guruhi “Yoshlar turizm haftaligi” doirasida “Yangi yilda Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Samarqand shahridagi tarixiy obida, ziyoratgohlar va diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida o‘quvchi-yoshlar Samarqand shahrida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar, olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Sayohat o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM