Fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi

Bugun Nurobod tumanidagi Mahalla markazida Xalq qabulxonasi, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiyot, elektr energiyasi, gaz, suv, kadastr, bandlik, kredit, moddiy yordam, aliment, uy-joy va yer masalalari bo‘yicha 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko'rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM