Nurobod tumanida Respublika hamda viloyat ishchi guruhlari o’rganishlar olib bordi

O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi, qish-bahor mavsumida aholi xonadonlarini uzluksiz isitish va Respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan barcha avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlash va muzlamalarni oldini olish borasida ko’rilgan chora-tadbirlarni o’rganish maqsadida Nurobod tumanida Respublika hamda viloyat ishchi guruhlari o’rganishlar olib bordi.

O’rganishlar davomida ishchi guruh tuman hududida joylashgan “Issiqlik manbai” DUK, tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi va markaziy “Qozonxona”da bo’lib, texnikalarning shayligi, yoqilg’i zaxirasi va ko’rilgan chora-tadbirlar ko’zdan kechirildi.

Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan muloqot qilinib, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo’yicha vazifalar belgilandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM