Nurobodlik o'quvchi 2-o'rinni egalladi

Bugun Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida joriy yilning 28-noyabr kuni yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari orasidan faxrli 2-o‘rinni Nurobod tumanidagi 5-son maktabining 9-sinf o‘quvchisi O‘rolova Shaxzoda O‘ktam qizi egalladi.

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM