Oʻzbekiston yetakchisini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Turkmaniston Prezidentining qarorgohi – «Ogʻuzxon» saroy majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov birgalikda suratga tushdilar.Marosimda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirok etdi.Ayni daqiqalarda davlat rahbarlari tor doirada muzokara oʻtkazmoqda.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM