“InnoWeek.Uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan vazirlik binosi va uning hududida “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” shiori ostida xalqaro “InnoWeek.Uz-2022” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazilmoqda.

Haftalik doirasida hududlarda innovatsiyalarni joriy qilishning natijalari, kelgusida ularni keng joriy etishga qaratilgan tadbirlar, shuningdek, innovatsion g‘oyalar mualliflarini, shu jumladan, Respublikamizda innovatsiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashgan tadbirkorlarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu haftalikda Samarqand viloyatidan Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi innovatsion hududlarda ishlab chiqarilgan yangi innovatsion mahsulotlar, Innovatsion rivojlanish vazirligi va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar hamda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarning mahsulot, ishlanma va  stendlari bilan ishtirok etishmoqda.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM