Samarqandlik faollar Nukus tumaniga tashrif buyurdi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Toshkent shahri va viloyatlar Orolboʻyi hududlariga biriktirilganidan xabaringiz bor. Xususan, Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi va saʼy-harakati bilan Nukus tumanida qator yangi obyektlar foydalanishga topshirilmoqda.Kuni kecha Samarqand viloyati delegatsiyasi Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi A. Orinbayev hamda Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev boshchiligida Samarqand viloyati masʼullari va faollari tantanali kutib olindi.Mehmonlar dastlab mezbonlar hamrohligida yangidan rekonstruksiya qilingan Xotira maydonida boʻlib, Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻydilar. 6 gektardan ortiq maydonda 7 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga barpo etilgan ushbu koʻrkam maskan Nukus tumani ahli va bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun sevimli manzillardan biri boʻlib qolishi shubhasiz.Joriy yilning fevral oyidan boshlab samarqandlik tadbirkorlar Nukus tumanini rivojlashtirish, aholi bandligini taʼminlash orqali ularning turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga oʻz hissalarini qoʻshish maqsadida qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. 2022-2024-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq bu yerda 898 milliard soʻmlik loyihalarni roʻyobga chiqarish koʻzda tutilgan.Nukus tumanida hozirga qadar samarqandliklar koʻmagida yigirmaga yaqin ijtimoiy obyektlar, ishlab chiqarish korxonalari qad rostladi. «Imam Iyshan» masjidi, «Oqmangʻin» mahalla fuqarolar yigʻini idorasi va kutubxona, “Samarqand osh markazi”, “Set Nukus Tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.Tuman markazida talab darajasida bozor yoʻqligi tufayli aholi Nukus shahriga qatnar edi, — deydi Joʻqorgʻi Kenges deputati Altingul Uteniyazova. — Endi bu yerliklarning har kuni xizmat koʻrsatadigan va barcha sharoitga ega oʻz bozorlari bor. Mana, bugun foydalanishga topshirilayotgan bu kabi yangi obyektlar kishi koʻzni quvontiradi. Ularda aholiga qulayliklar yaratilishi bilan birga koʻplab ish oʻrinlari ochilayotganidan yoshu keksa mamnun.Maʼlumotlar uchun, Nukus tumanida faoliyat boshlagan, 52 milliard soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan yirik «Aqmangʻit savdo majmuasi» ichida dehqon bozori ham bor. Nukusliklar tomonidan “Urgut bozori” deb aytilayotgan mazkur obyektda 115 ta doʻkon va 500 ta savdo rastasi tashkil etildi. Buning natijasida mingga yaqin kishining bandligi taʼminlandi. Bozor hududida «Urgut xostel» ishga tushirildi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM