Prezident Shavkat Mirziyoyev shu haftada Qozogʻistonga tashrif buyuradi

Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda maʼlum qildi.«11-oktyabr kuni Davlat rahbari mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanovni qabul qiladilar. Unda hududlararo hamkorlikni yangi mazmun va aniq loyihalar bilan yanada rivojlantirish hamda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi qoʻshma dasturlarni yanada jadallashtirish masalalarining muhokamasi koʻzda tutilgan.Shuningdek, 12-14-oktyabr kunlari Prezidentimiz Osiyoda hamkorlik va oʻzaro ishonch choralari boʻyicha kengash yigʻilishi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi hamda “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etish uchun Qozogʻiston Respublikasiga tashrif buyuradilar.Tashrif kun tartibida xorijiy davlatlar, shu jumladan, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Vitse-prezidenti Vo Txi An Suan, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif va bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish ham koʻzda tutilgan», — deya qayd etdi Asadov.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM