Sirdaryo viloyatini rivojlantirish boʻyicha vazifalar qoʻyildi

Sayxunobod tumanida Sirdaryo viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.Unda asosiy eʼtibor ish joylarini koʻpaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalariga qaratildi.Sirdaryo viloyatida 35 ming nafar ishsiz, 42 ming nafar chet elga ishga ketganlar bor. Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ham hisobga olib, 100 ming ish oʻrni yaratish zarur. Buning uchun paxta maydonlari qisqartirilib, bu yerlar aholiga boʻlib berilishi qayd etildi.Biroq, bu qisqarish oʻrnini hosildorlikni 2-3 baravar oshirish hisobidan qoplash, Paxtachilik kengashi va olimlar bilan ishlash zarurligi taʼkidlandi.Oziq-ovqat yetishtiruvchi dehqonlarning krediti uchun qoʻshimcha 300 milliard soʻm ajratilmoqda. Endi dehqonlar 150 million soʻmgacha garovsiz kredit oladi. Bular kelgusi yilda Sirdaryo aholisi uchun 45 ming ish oʻrni yaratishga zamin boʻladi.Shuningdek, 5 ming gektar ekin maydonida sugʻorish tizimini yaxshilashga byudjetdan 40 milliard soʻm ajratiladi.Hududda oziq-ovqat mahsulotlari, chorva va parranda yetishtirish uchun juda katta imkoniyatlar bor. Shu bois kelgusi yilda 1 trillion soʻmlik parrandachilik loyihalarini amalga oshirish, goʻsht va tuxum mahsulotlari hajmini 2 baravar oshirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Viloyatda 1,7 milliard dollarlik 858 ta investitsiya loyihalari hisobiga 20 ming ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.Har kuni qaysidir masalaning ichiga kirib, qiyin boʻlsa ham mablagʻini topib, qaror qilib berayapmiz. Bugun yana kim masala qoʻysa, uni ham yechib beraman. Qaysi hokim hisob-kitob bilan aniq reja qoʻyib, ishlarni tizimli yoʻlga qoʻysa, albatta natija boʻladi, - dedi davlatimiz rahbari.Yigʻilishda Bosh vazir oʻrinbosarlari ish oʻrinlarini tashkil etish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ijtimoiy sohani yaxshilash rejalari yuzasidan axborot berdi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM