Oʻzbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya Qirolichasining vafot etgani munosabati bilan taʼziya izhor etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning volidai muhtaramasi Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi olamdan oʻtgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.“Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi boʻlib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obroʻ va eʼtiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk davlat arbobi edi”, deyiladi davlatimiz rahbarining taʼziyanomasida.Prezidentimiz ushbu musibatli damlarda Qirolga, oilasining barcha aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga taskin soʻzlarini bildirdi hamda sabr-toqat va bardamlik tiladi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM