Shavkat Mirziyoyev Kaʼbatullohni ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chogʻida muqaddas Makka shahrida ham boʻlib, umra amallarini bajardi.Davlatimiz rahbari dinimiz arkonlariga muvofiq ehromga kirib, namoz oʻqidi, talbiya aytib, Masjidul Haramga bordi.Maʼlumki, Kaʼbatullohning ichiga kirish musulmonlar orzu qiladigan ulugʻ sharafdir. Prezidentimiz ana shunday sharafga muyassar boʻlib, Kaʼbatullohning ichida namoz oʻqidi.Soʻng, Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita saʼy qilindi.Mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari, ulamo va ziyolilar bilan birgalikda yurtimizga tinchlik va taraqqiyot, xalqimizga salomatlik va farovonlik tilab duolar oʻqildi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM