E’LON !     E’LON !    E’LON !

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli  qarorida ko‘rsatilgan  Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi quyidagi toifalarga to‘g‘ri keluvchi xotin-qizlar tanlovda ishtirok  etishlari mumkin:

1. Kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi;

2. To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

3. Turmush o‘rtog‘i vafot  etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

4. Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

5. Ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

6. Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar kiritiladi.

Talabgor xotin-qizlarning  hujjatlari www.xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda joriy yil 30 maydan 8 iyunga qadar qabul qilinadi.

Platformaga kirish uchun Davlat xizmatlari markazidan “elektron kalit” olish tavsiya etiladi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM