Prezident yoshlarga: Bugungi harakatlaringiz bilan oʻz kelajagingizga asos solyapsizlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyundagi farmoniga muvofiq, oʻzining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yoʻnalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, tengdoshlariga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan faol yoshlar orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.Mukofotlanganlar yuksak ishonch va eʼtibor, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, oʻqish va intilishda faol davom etishi, yana-da katta natijalarga erishib, davlatimiz ishonchini oqlashini taʼkidladilar.Bilimli yoshlar - kelajak poydevori. Bugungi harakatlaringiz bilan oʻz kelajagingizga asos solyapsizlar. Men sizlar bilan gʻururlanaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.Davlatimiz rahbari forumga yigʻilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi. Yoshlarning fikr va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlab, ular boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.Yoshlarga berayotgan eʼtiborimiz natijalar berayotganini koʻrib, xursand boʻldim. Bugun hech bir soha yoʻqki, yoshlar muvaffaqiyatga erishmayotgan boʻlsa. Yoshlarning yoʻlini ochib bersak, ularga yelkadosh boʻlsak, yana-da ulkan natijalarga erishamiz. Mening eng katta ishongan kuchim, davlatimizning eng katta boyligi - bu yoshlar, - dedi Prezident.Tadbir katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM