Bugun “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida Nurobod tumani mahallalaridagi uyushmagan yoshlar hamda harbiy qism askarlari o'rtasida sportning "Mini-futbol" turli bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Mazkur musobaqada 10 dan ortiq mahalla jamoalari ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni tuman hududida joylashgan Harbiy qism askarlari qo'lga kiritishdi.
G'oliblar tuman hokimligining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.