Qaniydi qoʻlimdan kelsa... – Shermatov taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar haqida

Vazir uchrashuv avvalida savol-javoblar rasmiyatchiliklardan xoli oʻtishi tarafdori ekanini taʼkidlab, har qanday savolga javob berishga, takliflar boʻlsa eshitishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA xabar berdi.Uchrashuv davomida maktablarda fizika, matematika darslarida sinfni ikkiga boʻlib oʻtish, shuningdek, muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislardan master klass tashkil etish taklifi berildi.«Men chindan ham bunga qarshi emasman, lekin bu narsalar hammasi mablagʻga bogʻliq. Masalalar menga, sinflarda 35ta emas, 24ta oʻquvchi boʻlsin deyishadi. Qaniydi qoʻlimdan kelsa! Elementar hisoblab koʻrsak, birgina shu ishni amalga oshirishning oʻziga bir oʻquv yili uchun qoʻshimcha 9 trln. soʻm kerak boʻlar ekan. Fizika va matematikani boʻlib oʻqitishga ham kamida 5-6 trln. ketadi, menimcha. Byudjet cheklangani uchun hammasini birdaniga amalga oshirish imkonsiz.Muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislar bilan ochiq muloqot masalasiga kelsak, bunga hech qanday cheklov yoʻq», dedi Xalq taʼlimi vaziri.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM