Yoshlar yetakchilarining yarim yillik hisobotlari tinglandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq muntazam ravishda yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglab borilmoqda.
Jumladan, Nurobod tumani 1-2-sektorlardagi mahalla yoshlar yetakchilarining yilning o'tgan olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlari va kelgusidagi reja-takliflari yuzasidan tayyorlangan hisobot va taqdimotlari tinglandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun kerakli tavsiya va maslahatlar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.