insurez
16-03-2024 10:48


Nurobod tumanida Juma — “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” munosabati bilan ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi, yo‘l patrul xizmati inspektorlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari va xodimlari, fuqarolar, keng jamoatchilik va yoshlar faol ishtirok etishdi. Targ‘ibot tadbiri doirasida marafon ishtirokchilari 5000 qadam masofani piyoda bosib o‘tishdi. Fuqarolar, ayniqsa yoshlarning yo‘l harakati xavsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini ta’minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida tarqatma materiallar — qo‘llanma va bukletlar tarqatildi.

Teglar
Insurance Policy