insurez
16-03-2024 10:51


Nurobod tumani hokimligida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Safarov va mas’ullar ishtirokida 2024-yilning birinchi choragida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi. N.Safarovning ta’kidlashicha, bugungi kunda adliya bo‘limining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimizning tegishli hujjatlari, shuningdek Adliya vazirligi va adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlardan kelib chiqqan holda “Fuqarolar bizdan rozi bo‘lishi kerak”, -degan ezgu tamoyili asosida olib borilmoqda. Bo‘limga I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 62 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 50 tasi, ya’ni 80,1 foizi qanoatlantirildi, 12 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Bunda murojaatlarning turlari bo‘yicha asosiy qismini davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish haqlari va unga qo‘shimcha - ustamalarni undirish, xodimlarni ishga tiklash, asossiz soliq qarzdorligi hisoblanishi bilan bog‘liq murojaatlar tashkil qildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 18 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lsa, fuqarolik va ma’muriy sudlarga fuqarolarning huquqiy himoyasini amalda ta’minlash bo‘yicha 8 ta da’vo arizalar kiritildi. Joriy yilning birinchi choragida adliya bo‘limi tomonidan OAV orqali 184 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 7 marta televideniye, 22 marotaba radio, gazeta va ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar qilingan. Tuman adliya bo‘limi o‘z oldiga qo‘ygan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishida boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan dooim hamkorlikka tayyor ekanligini bildirgan holda kelgusidagi faoliyatimizni “Inson qadrini ulug‘lash” g‘oyasi va barcha sohada qonun ustuvorligi tamoyili asosida davom ettiramiz. Anjuman yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha yo‘llangan savollarga N.Safarov tomonidan batafsil javoblar berildi.

Teglar
Insurance Policy