insurez
16-03-2024 10:47


Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov va tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tumandagi ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi do‘kondor va yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlar bilan uchrashib, tadbirkorlik subyektlari holati bilan yaqindan tanishdi. Har bitta tadbirkorning muammo va takliflari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, uchrashuvlarda tuman rahbari tomonidan tadbirkorlarga barqarorlik reytingida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishning ahamiyati, ushbu reytingdagi tadbirkorlarga qo‘llaniladigan imtiyozlar va yengilliklar, baholash mezonlari, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etish, ish o'rinlarini to'g'ri ko'rsatish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi masalalar yuzasidan tegishli ma’lumot va tavsiyalar berildi. Soliqlar – yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi sarhadlarimiz mustahkamligi, aholi salomatligi, farzandlar kelajagi uchun sarflanadi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!

Teglar
Insurance Policy