insurez
16-03-2024 10:52


Nurobod tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Samarqand viloyatida joylashgan tuman. Nurobod tumanining markazi Nurobod shahri. Jabuni-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan, shimoldan Kattaqoʻrgʻon tumani, sharqdan Pastdargʻom tumani bilan chegaradosh. Nurobod tumani – Samarqand viloyatidagi tuman. 1975-yil 26-noyabrda tashkil etilgan. Shimoldan Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Paxtachi tumanlari, gʻarbdan Navoiy viloyati, sharqdan Samarqand, Pastdargʻom tumanlari, janubdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4,79 ming km². Aholisi 98,7 ming nafar kishi (2003). Tumanda 1 ta shahar (Nurobod), 7 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Jarquduq, Jom, Nurbuloq, Sazagʻon, Tim, Tutli, Ulus) bor. Markazi – Nurobod shahri. Asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tojik, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 20 kishi. Shahar aholisi 8,7 ming nafar kishi, qishloq aholisi 90,0 ming nafarni tashkil etadi. 10 ta kasalxona, tugʻruqxona va boshqa tibbiy muassasalarda 120 nafar vrach, 624 nafar oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2003). Tuman hududida mineral buloqli „Nagorniy“ sanatoriysi bor. Xalqaro va Samarqand— Qarshi yoʻnalishidagi poyezdlar tuman hududidan oʻtadi.[1] Tim qishlogʻi 10 asrlik tarixga ega boʻlib, u yerda Arablar istilo qilgan paytda barpo etilgan „Arab-Ota“ maqbarasi mavjud boʻlib, u X asrda barpo etilgan. Bundan tashqari qishloqda „1000 yillik“ archa mavjud boʻlib, u qishloqning 10 asrlik tarixini oʻzida mujassam etadi. Tim qishlogʻining yarmi togʻ bilan oʻralgan boʻlib, ayniqsa bahor oyida juda ham chiroyli manzara kasb etadi. Qishloqning oʻrtasidan „Tim soyi“ kesib oʻtgan. Bu soyga suvni Piyozli, Miskon va Yaltir togʻlari taʼminlab beradi.

Teglar
Insurance Policy