insurez
31-07-2024 16:24

Xitoylik investorlar bilan uchrashuv o'tkazildi


Jahonning rivojlangan davlatlari bilan yurtimiz o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik aloqalari ko‘lami tobora kengayib, mustahkamlanib bormoqda.

Xususan, Nurobod tumani va Xitoy ishbilarmonlari ishtirokida qator hamkorlik kelishuvlariga erishilib, qo‘shma loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov Xitoyning Shinjon provinsiyasidan tashrif buyurgan investorlar bilan uchrashuv o‘tkazib, tomchilatib sug‘orish uskunalari va shlang, trubalar ishlab chiqarish sohalaridagi hamkorlik loyihalarini boshlash va yangi bosqichga ko'tarish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda tuman rahbari kelishuv doirasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilishini alohida ta'kidlab o'tdi.

Teglar
- -