Xalq bilan muloqot – muammolar yechimi garovi
Nurobod tumanida aholi muammolarini tinglash, manzilli hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, bugun 3-sektor hududidagi Qo'rg'oncha mahallasida sektor rahbari, tuman IIB boshlig'i A.Otamurodovning hudud fuqarolari uchun sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Fuqarolar tomonidan 20 ga yaqin murojaatlar yo'llanib, sektor rahbari ularning yechimi yuzasidan murojaatchilarga huquqiy tushuncha va tavsiyalar berdi.
Shundan so'ng, ayni vaqtda xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan Qo'rg'oncha yoshlari bilan onlayn muloqot o'tkazilib, yoshlarning muammo va takliflari tinglandi hamda ularning ijobiy hal etilishi yuzasidan joyiga chiqqan holda murojaatlar o'rganilmoqda.