"Ulus" MFY da chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik tashkil etildi
Bugun Nurobod tumanining "Ulus" mahallasida tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan hudud aholisi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash, turli xavf omillarini oldini olishga qaratilgan tibbiy ko‘rik davomida zamonaviy UZI va EKG tekshiruvlari, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazish uchun ixtisoslashgan tez tibbiy yordam mashinalari jalb qilinib, 100 dan ortiq fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.