Ulus mahallasida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Nurobod tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo'limi tomonidan tumandagi Ulus mahallasida ishsiz fuqarolar va yoshlar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida tumandagi bir qator korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida ishga joylashish istagini bildirgan fuqarolarga yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, yarmarkaga tashrif buyurgan fuqarolarga mehnat qonunchiligiga oid, kasbga-qayta tayyorlovga oid hamda mehnat migratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha maslahatlar berildi.