Tumani hokimi S.Berdiqulov tumanda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari holati bilan tanishdi
Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov tumanda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari holati bilan tanishdi.
Tuman rahbari hududlardagi obodonlashtirish ishlari holati bilan tanishar ekan, soha mas'ullarining hududlar tozaligi va obodligi yo'lida olib borayotgan fidokorona mehnatini alohida e'tirof etdi.
Obodonlashtirish-ko'kalamzorlashtirish ishlari sifatini yanada oshirish, tumanni chiqindilardan holi hududga aylantirish borasida kerakli chora-tadbirlar belgilandi.
Unutmang, hududlar tozaligiga barchamiz mas'ulmiz! Zero tozalik — salomatlik garovi.