Tumanda sanoatni yanada rivojlantirish, sanoat korxonalari muammolarini doimiy tahlil qilib borish hamda ularni rivojlantirish masalalarida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tashkil etilgan sanoat korxonalarining barqaror ishlashini ta'minlash bo'yicha ishchi guruh shtabida tumanda sanoatni yanada rivojlantirish, sanoat korxonalari muammolarini doimiy tahlil qilib borish hamda ularni rivojlantirish masalalarida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida tuman sanoatining bugungi kundagi holati, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va statistik ma’lumotlar batafsil tahlil etilib, qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sohalar rivoji yuzasidan mas’ullarga kerakli tavsiya va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.