Tuman rahbari mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov tumanda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yoshlar yetakchilari faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, sustkashliklar tanqid ostiga olinib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun ushbu xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga va o‘z ishiga yanada mas’uliyat bilan yondashishga chaqirildi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlashning tizimli faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yanada ko‘proq yoshlarni qamrab olish va ular bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish kabi masalar qizg‘in muhokama etilib, yoshlar yetakchilariga tuman rahbari tomonidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.