insurez
13-07-2024 11:41

Tuman IIB boshlig‘i A.Otamurodov rahbarligida Nurobod tumani IIB shaxsiy tarkibiga xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi


Nurobod tumani 3-sektor hududidagi Nurbuloq mahallasida sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i A.Otamurodov rahbarligida Nurobod tumani IIB shaxsiy tarkibiga xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Unda fuqarolarning huquqlari, qonuniy manfaatlari, qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, shaxs va jamiyat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida qilingan ishlar muhokama etilib, kelgusida bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Teglar
- -